- Учителю
- Открытый урок по узбекскому языку на тему: 'СОННИНГ МАЪНО ТУРЛАРИ'.
Открытый урок по узбекскому языку на тему: 'СОННИНГ МАЪНО ТУРЛАРИ'.
Hozirgi o'zbek tilida son va uning ma'no turlari
Reja:
1. Sonning morfologik va sintaktik xususiyatlarini aniqlash
2. Miqdor sonlar va tartib sonlarning farqli tomonlarini ko'rsatish
3. Numerativ so'zlarga doir amaliy mashqlar bajarish
Amaliy mashg`ulotning maqsadi:
Ta`limiy maqsad: sonning ma'no turlarini aniqlash, boshqa mustaqil so'zlardan farqli tomonlarini ko'rsatish;
Tarbiyaviy maqsad: Talabalarni vatanga, millatga, o'z ona tiliga muhabbat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: Talabalarning ilmiy-nazariy fikrlashini rivojlantirish
Dars turi: amaliy mashg'ulot
Dars usuli: munozara, aqliy hujum
Dars jihozi: darsliklar, slaydlar, tarqatma materiallar
Mashg`ulotga doir tayanch tushunchalar:
Differensiatsiya(farqlanish)
Logogramma (belgi; son turkumiga mansub so'zlarning ma'nolarini ifodalovchi raqamlar)
Numerativlar (hisob so'zlar)
Numeralizatsiya(sonlashish)
Zaruriy adabiyotlar:
1. O'zbek tili grammatikasi. I jild. - Toshkent,1975.
2.Shoabdurahmonov Sh. va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. -Toshkent,1980
3.Mirzayev M. va boshqalar. O'zbek tili. -Toshkent,1978
4.Azizov O. Tilshunoslikka kirish. - Toshkent,1982.
5.Irisqulov N. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent,1992.
6.Qilichev E. Hozirgi o'zbek adabiy tili. -Toshkent,2005
7.Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili. -Toshkent,2006
8.Sayfullayeva R va boshqalar. Hozirgi o'zbek tili. -Toshkent,2007
9.Ikromova R.,Qosimova K. O'zbek tilidan mashqlar to'plami/ - Toshkent,1988.
11.Lutfullayeva D.,Davlatova R. O'zbek tilining amaliy grammatikasi - Toshkent,2010.
12. "O'zbek tili va adabiyoti" jurnallari.
13."Til va adabiyot ta'limi" jurnallari.
14. 12. http://www.ziyonet.uz.
Darsning borishi
I.Tashkiliy qism:
1) Talabalar bilan salomlashish.
2) Auditoriya holatini tekshirish.
3) Berilgan topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
1.Yangi mavzu bayoni:
Son predmetlarining aniq sanog`ini, tartibini bildirishi bilan boshqa so`z turkumlaridan ajralib turadi. Sanaladigan predmet nomini anglatuvchi ot bilan qo`llanmagan (besh, o`n, beshdan ikki kabi) sonlar matematik son ma`nosini ifodalab, mavhum ma`noda bo`ladi va faqat sonlarnig nomini anglatadi. Sonlar sanaladigan predmetlar nomini anglatuvchi so`zlar bilan qo`llanganda esa son turkumini tashkil etadi. Son so'zlar sonning nomini bildirganda matеmatik atama sanaladi, raqamlar-son turkumiga mansub so'zlarning ma'nolarini ifodalovchi logogrammalar. Ular o'z navbatida ikki guruhga bo'linadi:
a) g'arbiy arab raqamlari: 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,20,100,1000....
arab raqamlari aslida Hindistonda(5-asrga yaqin) kashf etilgan bo'lsa-da, arab Sharqiga buyuk o'zbеk olimi Muhammad Xorazmiyning arab tilida yozilgan "Arifmеtika" asari orqali kirib kеlgan, bu asar lotin tiliga tarjima qilinib, Еvropada (10-asrda Ispaniyaga, 12-asrda Еvropadagi boshqa mamlakatlarga) tarqalgan. Hindistonda yuzaga kеlgan bu raqamlarning "arab raqamlari" dеb nomlanishida hamyurtimiz Muhammad Xorazmiyning ulkan xizmati bor.
b) rim raqamlari-qadimgi rimliklar ishlatgan raqamlar. Bu raqamlar miloddan oldingi 500-yillarda etrusklar tomonidan kashf qilingan. Ular bеlgilardan tashkil topgan: I(bir), V(bеsh), X(o'n), L(ellik), C (yuz), D(bеsh yuz), M (ming)…
Son ham sifat va ravish kabi belgi tasavvurlarini bildiradi va shu jihatdan o`sha turkumlarga yaqin turadi. Sifat predmetning belgisini, ravish belgining (harakatning) belgisini bildiradi, son esa predmetning miqdori, sanog`i va tarkibiga ko`ra belgisini ifodalaydi.
Sonlar otlar bilan birga qo`llanib, bir necha predmetlarning yig`indisini, aniq miqdorini bildiradi. Shu jihatdan sonlar predmetlarning noaniq miqdorini ifodalovchi ko`p, oz, biroz kabi so`zlardan farqlanadi. Son predmetlarning aniq miqdorini (o`nta kitob) yoki noaniq miqdorini (uch-to'rt odam) ifodalaydi. Bu hollarda ham sonlarni yozuvda raqamlar bilan ifodalash mumkin:10 ta kitob yoki 3- 4 odam kabi. Biroz, ko`p, ancha kabi predmetlarning noaniq miqdorini bildiruvchi so`zlar esa raqamlar bilan ifodalanmaydi. Shuning uchun ham ular son hisoblanmaydi.
Sonlar o`ziga xos morfologik va sintaktik xususiyatlari bilan boshqa so`z turkumlaridan ajralib turadi.
1.Sonlar o`ziga xos forma ko`rsatkichlariga ega: -ta, -tadan,-ov, -ala,-tacha, -lab, -cha, -larcha,-i(nchi) kabi. Bu affikslarning qo`shilishidan predmetlarning donasini, taqsimini ko`rsatuvchi, predmetlarning guruhini, to`dasini ko`rsatuvchi, predmetlarning (tartibiga) taxminiy hisobini ko`rsatuvchi, predmetlarning tartibiga ko`ra munosabatini ko`rsatuvchi kategoriyalar hosil bo'ladi.
2.Sonlarning hisob so`zlar (numerativlar) bilan birga qo`llanishi ularning boshqa so`z turkumlaridan ajralib turuvchi o`ziga xos belgilaridan biridir: yuz metr, o'n tanob, bir soat, yuz nafar, uch tanga kabi.
3.Sonlar deyarli so`z yasovchi affikslarni qabul qilmaydi. Boshqa so`z turkumlaridan son yasalmaydi. Sondan esa turli so`z turkumlariga oid so`zlar yasalishi mumkin: uch-lik, ikki-lan-moq. Ba'zi sonlar hech qanday affikslarsiz ham ot vazifasida ishlatilishi-otlashishi mumkin: qirq, etti, yigirma (aza marosimlari nomlari) va boshqalar.
T O P SH I R I Q
Berilgan gaplardagi son turini aniqlang, semantik farqini ko'rsating.
-
Yillik hisobot ikki nusxadan qilib chiqarildi.
-
Bir chiroyli, bir yoqimli shamol esib, ko'ngillarni quvontiradi.
-
Yoshi oltmishlardagi bir juvon kelib Mirzayevni so'radi.
-
Birinchisi uning gapiga bir-ikki luqma qo'shgan bo'ldi.
-
Falsafada shunday g'oya mavjud edi:Ong birlamchi mahsulmi yoki materiya?
Sonlarning sintaktik xususiyatlari quyidagicha:
1.Sonlar odatda otlarning aniqlovchisi bo`lib keladi. Bu ularning asosiy sintaktik xususiyatlaridan biridir. Qirq dastgoh tinimsiz ishlar, uni faqat o'n kishi boshqarardi.
2.Sonlar hech qachon o`ziga belgi ifodalovchi so`zlarni tobe qilib kelmaydi, ya'ni aniqlovchi olmaydi
3.Sonlar ot oldida aniqlovchi vazifasida kelganda, ko`pincha keyingi hokim bo`lakka nisbatan ot bilan birikmali bo`lak hosil qilgan holatda munosabatga kirishadi: uchta odam kelmadi gapini aniqlovchisiz-odam kelmadi holida qo`llab bo`lmaydi, ma'noda g'alizlik yuzaga keladi.
4.Ba`zan son va sifat yonma-yon otning aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin: bitta qizil olma kabi. Bunday o'rinlarda oldin son-aniqlovchi, keyin sifat-aniqlovchi keladi.
5.Sonlar gapda ko`pincha aniqlovchi, kesim, ega, to`ldiruvchi vazifasida keladi.
T O P SH I R I Q
Jadvalni to'ldiring.
-
Son kesim vazifasida
Son ega vazifasida
Son aniqlovchi vazifasida
Son to`ldiruvchi vazifasida
Masalan: Uchinchi qo'shnim murabbiya bo'lib ishlaydi (aniqlovchi vazifasida).
???Muammoli savol: -lar affiksi sonning qaysi turlariga qo'shiladi hamda bu sonlar qanday ma'no anglatadi?
T O P SH I R I Q
Quyida berilgan savol va topshiriqlarga yozma javob bering.
-
Sanoq songa xos morfologik xususiyatlarni ayting?
-
Sonning qaysi turlari hisob so'zlar bilan birgalikda qo'llanadi?
-
-ta affiksi so'z o'zgartiruvchi qo'shimchalarni qay yo'sinda qabul qiladi?
-
Bitta ham gapirmadi, bittayam kulmadi birikmalarini izohlang?
Sonlar ma`no va grammatik xususiyatlariga ko`ra dastlab ikkiga bo`linadi: miqdor sonlar va tartib sonlar, miqdor sonlar predmetning miqdori, sanog`iga ko`ra belgisini, tartib sonlar esa ularning tartibi sirasiga ko`ra belgisini ko`rsatadi.
Miqdor sonlar predmetlarni sanash, donalash, taqsimlab yoki taxminlab ko`rsatish uchun qo`llanadi.
Sonning bu turi quyidagicha grammatik xususiyatlariga ko`ra tartib sonlardan farqlanadi:
-Miqdor sonlar o`ziga xos morfologik ko`rsatkichlarga ega. Tartib sonlar esa -(i) inchi affiksi orqali yasaladi.
-Miqdor sonlar hisob so`zlari (numerativlar) bilan birga qo`llanadi. Tartib sonlar esa bu xil so`zlarsiz ishlatiladi.
-Miqdor sonlar juftlashib kela oladi, tartib sonlarda esa bunday xususiyat yo`q.
-Miqdor sonlar birikmali holda uchdan bir, to`rtdan uch kabi formalarda ishlatiladi, tartib sonlar esa bunday qo`llanmaydi.
- Miqdor solnlar -lar afiiksini olib ko`pincha taxminiy miqdor bildiradi(Soat uchlar atrofida edi), tartib sonlar esa ba`zan -lar affiksini olib ko`plikni ifodalovchi ot vazifasida keladi(beshinchilarga [abar bering).
T O P SH I R I Q
I.Quyida berilgan numerativ so'zlarni tartib bo'yicha yozing
Luqma, nimta , dasta, nusxa, hovuch, shingil, dona, guruh, bosh, chimdim ,to'da, poy, shoda, nafar, tanga, qatla, qatra, quchoq, gala,bo'lak, qism, qisim, siqim.
-
To'dalab, guruhlab ko'rsatuvchi:
-
Predmetni yakkalab ko'rsatuvchi:
-
Butunning qismini ko'rsatuvchi
II.Arxaik numerativ so'zlarga misol keltiring:
NAMUNA: chaqa, miri, pud, gaz, botmon, tanob, qadoq.
III. Nofaol numerativ so'zlarga misol keltiring:
NAMUNA:qatla, daf'a, sidra, karra.
???Muammoli savol: son yasovchi affikslar numerativ so'zlarga qo'shiladimi, shunday bo'lsa ular qaysilar?
T O P SH I R I Q
Chama son qatnashgan gaplarni tahlil qiling
-
Sertuproq yo'ldan ikki yuz metrcha naridagi chaylada bir chol o'tiribdi.
-
Bu yer frontdan minglarcha kilometr uzoqda edi.
-
Bundan bir yarim yillarcha muqaddam qo'lga tushgan edi.
-
Uch kunmi bo'lgan edi, bir ko'zim tushgan edi.
-
Bir oylardan keyin ular turmush qurishdi.
6.Yer to'rt-to'rt yarim tanobcha kelar edi.
Сўз туркумларининг отга кўчиши субстантивация ҳодисаси дейилади. Ўзбек тилида сонлар субстантивлашишининг маълум тартибга асосланганлиги ҳам соннинг лисоний хусусиятларидан бири саналиб, сон отлашганда кўпинча сон + от тузилиши от+сон тузилишида ўрин алмашади, яьни сифатловчи + сифатланмиш муносабати қаратқич+ қаралмиш муносабати билан ўрин алмашади Бунда бирликдаги от кўплик формаси ва қаратқич келишигини , отлашган сон эса III шахс бирлик эгалик қўшимчасини олади: иккита бола- болаларнинг иккитаси каби. Ёки от чиқиш келишигини олиши ҳам мумкин: иккита бола- болалардан иккитаси каби.
Сондаги эмиграцион кучиш нумерализация (сонлашиш) дейилади:От туркумидаги сўзлар энг кўп сон ўрнида қўлланади, масалан, каср сонни ифодаловчи нимчорак (1/8), чорак (1/4), ярим (1/2), бутун (1,0) , туман (10.000), лак (100.000) каби отлар бор. Узбек шеваларида 32 тишнинг бутлигига ишора сифатида 32 сони бутун маъносида кулланади. Олмош туркумидаги сўз сон ўрнида қўлланади: Фалончи числода мажлис булади.ёки а фисмадончи ўринни эгаллаб турибд.;
T O P SH I R I Q
Berilgan savollarga yozma javob bering.
-
Tartib songa xos xususiyatlarni ko'rsating.
-
Birgalik sonlar qay tartibda yasaladi.
-
Hisob so'zlarning morfologik xususiyatlarini ko'rsating.
-
-tadan affiksining morfologik xususiyatlarini ko'rsating.
-
Jamlovchi sonning affikslarini ma'no jihatdan izohlang.
3.Darsni yakunlash.
Darsda faol qatnashgan talabalarni rag`batlantirish va dars davomida olgan ballarini e`lon qilish.
4. Uyga vazifa berish:
1. Mavzuni o`zlashtirish va mavzuga oid matbuotda e`lon qilingan ilmiy maqolalarni konspekt qilish.
2. Son turkumini qatnashtirib, minimal matn tuzish.
4. Keyingi dars mavzusiga nazariy-amaliy tayyorgarlik ko`rish.