7


  • Учителю
  • Статья PROFESSOR SH.K.MURODOVNING ILMIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI CHIZMA GEOMETRIYA FANIDA INNOVATSION TEXNOLOGIARNI QO’LLASH UCHUN NAZARIY VA AMALIY ASOS SIFATIDA

Статья PROFESSOR SH.K.MURODOVNING ILMIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI CHIZMA GEOMETRIYA FANIDA INNOVATSION TEXNOLOGIARNI QO’LLASH UCHUN NAZARIY VA AMALIY ASOS SIFATIDA

Автор публикации:
Дата публикации:
Краткое описание:
предварительный просмотр материала

PROFESSOR SH.K.MURODOVNING ILMIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI CHIZMA GEOMETRIYA FANIDA INNOVATSION TEXNOLOGIARNI QO'LLASH UCHUN NAZARIY VA AMALIY ASOS SIFATIDA



Ma'rufxonova Z.A.- Toshkent shahar Uchtepa Milliy hunarmandchilik KHK o'qituvchisi,

Valiyev A.N. - TDPU, dotsent, Omonov Q. K. Bux MTI o'qituvchisi.



Mamlakatimizda ta'limning uzluksizligi va uzviyligiga, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga, fan yutuqlarini ilmiy nuqtai nazardan tahlil qila oladigan intelektual salohiyatli shaxslarni voyaga yetkazishga juda katta e'tibor berilmoqda. Masalan, O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi PQ-1533-son «Oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorini</<font face="Times New Roman, serif"> keltirishimiz mumkin. Buning uchun olimlar, professor-o'qituvchilar yoshlarni ilmiy sohaga yo'naltirish, ularni tizimli ravishda aqliy faoliyatning unumli jabhalarida chuqur shug'ullanishga undash va ularni ma'naviy hamda iqtisodiy jihatdan rag'batlantirib borishlari lozim.

Biroq hozirgi kunda Respublikamizda chizma geometriya va chizmachilik fanlaridan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borilishi qoniqarli holatda emas. Yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish, ularni ma'naviy jihatdan rag'batlantirish, ruhiyatini ko'tarish, o'zlariga nisbatan ishonchni kuchaytirish lozim. Bunday choralardan biri yoshlarni uzoq va yaqin davrdagi ajdodlarimiz amalga oshirgan ishlardan g'ururlantirish, allomalarimiz hayoti va faoliyatini namuna sifatida ko'rsatishdir. Ushbu maqolada texnika fanlari nomzodi, professor, Kiyevda O'zbekistonlik olimlar uchun ilk ilm darchasini ochgan zabardast olim Shmidt Karimovich Murodovning ilmiy va pedagogik faoliyati, hayot yo'li to'g'risidagi materiallar yoshlarni ilmga yo'naltiruvchi kuch sifatida o'rganiladi.

Professor Murodov Shmidt Karimovich 1937 yil 14-avgustda Buxoro viloyati G'ijduvon shahrida, ziyolilar oilasida tug'ilgan. G'ijduvon shahri Xojai Jahon, Xoja Abduholiq nomi bilan dunyoga mashhur avliyo XOJA ABDULXOLIQ G'IJDUVONIY nomiga qo'yilgan.

Otasi Murodov Karim (1900-1975) G'ijduvon tumani Ko'shki Saylgoh qishlog'ida tug'ilgan. 1938-yildagi qatag'on davrida Karim Murodov ham qamoqqa olingan va Novosibirskga surgun qilingan. 1964 yilda Karim Murodov yetarli hujjatlarni to'plab, o'zini oqlanganligini isbotladi. Demak ustozning bolalik davrida o'ziga yarasha ijtimoiy muammolar bo'lgan. Biroq bu uning ruhini sindira olmagan.

Onasi Murodova Xabiba Boymurod qizi (1907-1992) Buxoro viloyati G'ijduvon tumanidagi Ko'shki saylgoh qishlog'ida yashab o'tgan. Ko'p yillar bog'cha mudirasi bo'lib, so'ngra o'g'li o'qigan maktabda kitob sotuvchi bo'lib ishlagan. Sh.K.Murodov onasi haqida eslab, shunday xotirlaydi: "- Onam bizlarga nisbatan mehribon bo'lib, bizlarni tarbiyamiz, o'qishimiz va sog'lom o'sishimizga katta e'tibor berganlar".

Endi ustozning ismini qo'yilishiga oid tarixiy materialni keltirib o'tsak. Xullas sobiq ittifoq fanlar akademiyasi akademigi Otto Yulevich Shmidt rahbarligidagi Shimoliy muz okeanidagi ilmiy ekspeditsiyasi eson-omon Moskvaga qaytib kelgani haqidagi xabar butun dunyoga tarqaldi. Karim Murodov G'ijduvon raykompartiyasi birinchi kotibi Kravchukka (Ukraina millatiga mansub) o'g'il ko'rgani haqida aytganida, u kishi "…tug'ilgan o'g'lingiz Shmidtdek olim bo'lsin" deb ismini Shmidt deb atashni taklif qilgan. Shunday qilib Shmidt Karimovichga Shmidt deb nom qo'yilgan.

Sh.K.Murodov maktab yillari haqida: " … 4-sinfda arifmetikadan kasrlar ustida to'rt amallar bajarishni tez va yaxshi o'zlashtirganman. O'qituvchimiz S.Tillaev dars bergan. Shundan boshlab tabiiy fanlarni yaxshi o'zlashtirganman. 10-sinfdaligimizda geometriya fanidan sirtlar hajmini va yuzalarini hisoblash mavzularini bir kun oldin tayyorlab o'qituvchimiz N.Muxamedova ruxsati bilan sinfda bir necha bor dars o'tgan holatlar ham bo'lgan. Kimyo fanidan 10-sinfda va davlat imtihoni topshirish paytida imtihon biletida ko'rsatilgan savoldagi kimyoviy elementlari bo'yicha laboratoriya ishlarini bajarib, ko'rsatganman. Shunda elementlar reaksiyasida portlash sodir bo'lganida komissiya a'zolari qoyil qolishgan" deya eslaydi.

Sh.K.Murodov tug'ilib o'sgan joy, G'ijduvonlik ziyolilardan ilmli, obro'- izzatga sazovor bo'lgan. Ustoz ular bilan ko'p muloqotlarda bo'lgan, biz ularlardan ba'zilarni keltirio'tamiz. Muqimov Komil (O'z.Respublikasi F.A.Akademigi fizika fanlar doktori, professor), Sattorov Malik (fizika matematika fanlar doktori, professor Tojikiston Fanlar Akademiyasida Ilmiy tekshirish institutida ishlagan, hozir Novosibirskdagi Ilmiy tekshirish institutida ishlaydi, Sh.K.Murodovning maktabdoshi), Jo'raev Frunze (q.x fanlar doktori, professor, Sh.K.Murodovning maktabdoshi), Olimov Egam (O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan o'qituvchi, Sh.K.Murodovning maktabdoshi va BDPU da Sh.K.Murodovdan ta'lim olgan), Toshev Muxitdin (fizika matematika fanlar doktori, professor, BDPU da Sh.K.Murodovdan ta'lim olgan) va boshqalar.

Sh.K.Murodov O'rta maktabni a'lo baholar bilan bitirganidan so'ng Buxoro Davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetiga topshirtirgan. Sh.K.Murodov 8 ta imtihonni 4ta "5" va 4ta "4" baholarga topshirib, institutga qabul qilingan. U bu yerda matematikani yana chuqurroq o'rgandi u davrni shunday eslaydi: "… 3-kursda o'qib yurganimda va undan keyin ham, markazda o'qigan matematik hamkasaba domlalarni ish faoliyatini ko'rib, SAGUning matematika fakultetida o'qishim kerak edi deb juda ko'p afsuslanganman" - deydi.

Sh.K.Murodov 1959-yili BDU ning fizika matematika fakultetini matematika-chizmachilik yo'nalishini imtiyozli (qizil) diplom bilan bitirgan va G'ijduvon tumanidagi Sadriddin Ayniy nomli o'rta maktabga ishga yuborilgan. Maktabda haftasiga 42 soat matematika va chizmachilik fanlaridan dars bera boshladi.

1962- yilda Sh.K.Murodov "Aksonometrik proyeksiya" to'g'risidagi birinchi qo'lyozmani yozib, TTYMI "Chizma geometriya va chizmachilik" kafedrasi dotsenti R.Xorunovga yuborgan. U kishi risolani o'qib, ba'zi bir o'zgartirishlar kiritib: "Ushbu risolani o'quv yoki metodik qo'llanma sifatida chop etishga harakat qilish kerak" deb javob bergan. Lekin u vaqtlarda Toshkentda birorta ham professor o'qituvchi bo'lmagani uchun, grafika fanlaridan aspirantura tashlik etilmagan va shu sababdan metodik ishlarni risola qilib chop ettirish juda mushkul ish edi.

Kiyev shahridagi Kiyev qurilish injenerlar instituti "Chizma geometriya va chizmachilik" kafedrasiga 1963-yil 7nafar aspirant qabul qilingandi, ulardan biri Sh.K.Murodov edi. Kafedraning deyarli barcha o'qituvchilari har yili bittadan ilmiy maqola tayyorlab, "Prikladnaya geometriya va Injenernaya grafika" Respublika miqyosida chop etiladigan ilmiy jurnallarda chop etar edi.

Статья PROFESSOR SH.K.MURODOVNING ILMIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI CHIZMA GEOMETRIYA FANIDA INNOVATSION TEXNOLOGIARNI QO’LLASH UCHUN NAZARIY VA AMALIY ASOS SIFATIDA

Sh.K.Murodovning

aspirantlik davri.Sh.K.Murodov "Chizma geometriyadan ba'zi bir teskari metrik masalalarni yechish" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yozgan va 1967-yilning 17-iyun dushanba kunida uni muvaffaqiyatli himoya qilgan.

1988-yilda ustozning "FAN" nashriyotidan 9 b.t.li "Аналитико-графические методы решения обратных метрических задач и их применение в инженерной практике" nomli monografiyasi chop etildi.

Sh.K.Murodovning birinchi ilmiy maqolalari "Prikladnaya geometriya va injenelik grafikasi" to'plamining 2-3-sonlarida chop etilgan. Bu to'plam hozirgacha muntazam chop etiladi va unda ustozning jami 8 ta ilmiy maqolalari chop etilgan. Shulardan ikkitasi hozirgi kundagi shogirdlari A.Valiyev ("Некоторые приёмы построение собственной и падающей теней шара в перспективе") va N.Toshimov ("O развитии начертальной геометрии в Узбекистане") bilan hammualliflikda chop etilgan.

Ushbu "Prikladnaya geometriya i injenernaya grafika" ilmiy maqolalar to'plamining 1965-2014 yilgacha chop etilgan barcha sonlarini Sh.K.Murodovga profesor V.Ye.Mixaylenkoning o'z shogirdiga atab yozgan tilaklari bilan yuborgan nusxalari mavjud. Undan Sh.K.Murodovning barcha hamkasblari kerakli adabiyot sifatida foydalanadilar.

Professor Sh.K.Murodov o'zining ilmiy ishlarini, yaratgan yangiliklarini va DTS asosida fan dasturlaridagi mavzular asosida yosh avlod uchun ko'plab darslik va o'quv-metodik qo'llanmalar yaratgan. Ulardan Chizma geometriya kursi (darslik, T., "O'qiuvchi". 1988), Gidro-texniklar uchun chizma geometriya (o'quv qo'llanma, T., "O'qituvchi", 1991), Chizma geometriya (darslik, T., "Iqtisod-moliya", 2008). Ushbu "Chizma geometriya" darsligi 2010-yil 30-noyabrda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining "Yilning eng yaxshi darsligi" tanlovida faxrli birinchi o'ringa sazovor bo'ldi.

Topografik chizmachilik (darslik, T., "Cho'lpon", 2009), Injenerlik grafikasi (o'quv qo'llanma, T., "Sano-standart", 2013), Grafik tasvirlash asoslari (o'quv qo'llanma, T., "Navro'z", 2013), Chima geometriya va chizmachilikdan ruscha-o'zbekcha lug'at (Terminologik lug'at, T., "Fan", 2008) va ko'plab o'quv adabiyotlarini keltirishimiz mumkin.

Статья PROFESSOR SH.K.MURODOVNING ILMIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI CHIZMA GEOMETRIYA FANIDA INNOVATSION TEXNOLOGIARNI QO’LLASH UCHUN NAZARIY VA AMALIY ASOS SIFATIDA

Murodov professorlar V.Ye. Mixaylenko, N.N.Rijov, Ponomoryov bilan birga.



Sh.K.Murodov o'z ustoziga sodiq va uni chuqur hurmat qiluvchi shogirdlardan hisoblanadi. U 1997 yilda ustozi V.Ye.Mixaylenkoning 70-yilligiga bag'ishlab, "V.Ye.Mixaylenko velikiy uchyoniy i pedagog" degan risola yozdi va uni chop etib Kiyev va O'zbekistondagi olimlarga tarqatgan. Bu risolaga taqlid qilib V.Ye.Mixaylenko "Счастя имеет два крыля" degan 3ta risola chop ettirgan. Ulardan uchchalasini ham o'z shogirdi Murodovga yuborgan.

Professor Sh.K.Murodov "Grafika fanlaridan ilmiy shogirdlar tayyorlash masalasi mening hayotimda asosiy o'rinlardan biri hisoblanadi" deya ta'kidlaydi. Ustozning shogirdlaridan quyidagilarni keltirib o'tamiz.

1.Shomurodov Abdullo O'tkirovich (1939-2004)ga professor R.Horunov va Sh.K.Murodovlar ilmiy rahbar etib tayinlangan hamda u "Plostkostnie modeli s kladchatix i volnistix siklicheskix poverxnostey biofori primenitelno arxitekturnomu formaobrazovaniyu" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini Kiyev qurilish arxitektura institutida muvaffaqqiyatli himoya qildi.

2.Mamurov Islom Toshovich. Unga ham professor Horunov va Sh.K.Murodovlar rahbar etib belgilangan. U o'zining matematikadan chuqur bilimdon bo'lgani uchun nomzodlik dissertatsiyasini o'z vaqtida tugatdi. KQIIda dokladdan o'tgandan so'ng, tegishli xato kamchiliklarni tuzatib, 1976 yilda " Algebraik chiziqli sirtlar va ularni paxtachilik mashinalarida ishlatish" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini Kiyevda muvaffaqqiyatli himoya qildi.

3. Mamasoli Jo'raev bilan Sh.K.Murodov "Son belgili proeksiyalar" o'quv qo'llanmasiga taqriz yozish paytida tanishgan. Shu davrdan boshlab, Sh.K.Murodov M.Jo'rayev bilan 6ta metodik qo'llanma va 3ta o'quv qo'llanma yaratdi. Sh.K.Murodovning tavsiyasi, Andijon qishloq xo'jaligi instituti rektorati tavsiyasi va qo'llab-quvvatlashi bilan M.Jo'rayevni hujjatlari sobiq SSSR OAKsiga dotsentlik ilmiy unvoniga tavsiya etilgan. Moskvadagi Bauman nomli Oliy texnika universiteti Chizma geometriya va Injennerlik Grafikasi kafedra mudiri S.A.Frolov va Sh.K.Murodovning yozma tavsiyalari bilan Mamasoli Jo'raevga dotsentlik ilmiy unvoni tasdiqlangan.

4. Valiyev A'zamjon haqida professor Sh.K.Murodov shunday fikr bildiradi: "A'zamjonni katta o'qituvchi pedagog ekanini, ma'ruza va amaliy mashg'ulot darslarini juda yaxshi olib borishishini, dotsent P.Adilov bilan markaziy proyeksiyalash bo'yicha ilmiy tadqiqot ishini olib borganligi, biroq u ma'lum sabablarga ko'ra to'xtab qolganini bilganman. A'zamjon qo'yilgan masala nazariymi yoki metodik yo'nalishga ega ekanidan qat'iy nazar u kishi qo'yilgan masalani tez va qunt bilan bajarishga kirishadi. Natijada, 1-2 suhbatdan so'ng, qo'yilgan masalaga doir chizmalar va matnlarni tayyorlab keladi. Maqolalarni o'zbek tilida yozishga katta e'tibor beradi, yozuv tili rovon va tushinarlidir. Shuning uchun bo'lsa kerak o'zbek tilidagi lug'atlarni sotib oladi va undan keng foydalanadi". Ustoz shogirdi bilan 10dan ortiq ilmiy maqola va 2ta metodik qo'llanma yaratdi, shuningdek, "Chizmachilik" o'quv qo'llanmasiga maxsus muharrirlik qildi. 2014 yili shogirdi A.Valiyevga O'zbekiston Respublikasi OAK kengashi qaroriga ko'ra dotsent ilmiy unvoni berildi.

Ustozning shunday shogirdlaridan N.Xurboyev, A.Urishev, N.Tashimov, M.Xalimov, Q.Omonov va boshqalarni keltirib o'tishimiz mumkin.

Ustoz to'g'risida shogirdlaridan faqat iliq fikrlarni eshitish mumkin. Masalan ulardan biri TIMI ning "Chizma geometriya va muhandislik grafikasi" kafedrasi katta o'qituvchisi Urishev Adhamjonning fikrlarini keltirishimiz mumkin: "Respublika fan olimpiadasi. professor Raxmatilla aka Ismatullayev: - Xonaning bo'g'iq havosidan siqilgan Pyotr I oynani ochib yuboragach xonaga tetiklashtiruvchi toza havo kira boshlaydi. "Pyotr I Yevropaga darcha ochdi"- degan mashhur ibora tug'iladi. Barchamiz uchun hurmatli Shmidt Karimovich O'rta Osiyo chizma geometriyasi uchun darchani ochgan birinchi odam hisoblanadi- degan edi.

Ehtimol keyinchalik kuchli geometrlar dunyoga kelar, lekin ular birinchi bo'lolmaydi. Zamonaviy o'zbek geometriyasi tarixida α (alfa) bo'lmish Shmidt Karimovich dunyoqarashining kengligi bilan ham ajralib turadi. O'z fanini chuqur biluvchi va shu fanning fidoisi bo'lmish Shmidt Karimovichning oldiga fanga taalluqli biron bir masala bilan borar ekansan, ahamiyati yo'q, sen talabamisan, assistent yoki aspirantmisan, fikringni oxirigacha eshitib so'ngra to'g'ri maslahat berishi ustozning naqadar yuksak ma'naviyat sohibi ekanligini ko'rsatadi. O'z parvoz balandligingni qanchalar yuqori hisoblasangda, Shmidt Karimovich bilan fikirlashar ekansan ustoz kuzatayotgan gorizont kengligini his qilib qoyil qolasan. Shmidt Karimovichdek fan bilan "xo'ja ko'rsin"ning orasidagi ulkan farqni ajrata oladigan zabardast ustoz bilan ishlagan har qanday odam bu bilan faxrlanishi kerak".

Статья PROFESSOR SH.K.MURODOVNING ILMIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI CHIZMA GEOMETRIYA FANIDA INNOVATSION TEXNOLOGIARNI QO’LLASH UCHUN NAZARIY VA AMALIY ASOS SIFATIDA

Sh.K.Murodov rafiqasi va o'g'illari bilan.Ustoz nafaqat ilmiy-pedagogik faoliyati bilan balki, hamma havas qiluvchi oilaviy muhiti bilan ham o'rnak hisoblanadi. Ular o'z turmush o'rtog'i Marg'uba Murodova bilan 5 nafar o'gil farzandlarini tarbiyalab voyaga yetkazdi va ularning barchasini o'qitib, oliy ma'lumotli qilishgan. Farzandlari haqida so'zlaganda Sh.K.Murodov: "Ularni yaxshi tarbiyalab, mehnat qilishga o'rgatdik. Bir-biriga mehribon bo'lishlariga harakat qilmoqdamiz. Endi ularga avvalo Yaratgan omad bersin, qolgan omadlarini o'zlari yaratadilar" -deydi.

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytsak, maqolamizning qimmati professor Sh.K.Murodovning faoliyati o'rganilishi bilan xarakterlanadi. Oliy ta'lim muassasasiga talaba sifatida qabul qilingan yosh avlodning ilmiy faoliyat olib borishga layoqati bo'lgan iqtidorlilarini, yosh pedagoglarni ilmiy tadqiqot ishiga jalb qilish, ularning faoliyatini to'g'ri tashkil qilish, aynan chizmachilik va chizma geometriya fanlari bo'yicha yosh fan doktorlarini tayyorlash jarayonida yuqoridagi materiallarga amal qilish o'zining ijobiy samarasini beradi deb hisoblaymiz.



ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda.

2. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda.

3. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2013 y., 1-son, 5-modda.

4. Ma'rufxonova Z. O'zbekistonda chizma geometriya fani rivojida professor Sh.K.Murodov o'rni (BMI). Ilmiy rahbar dotsent A.Valiyev, -T., 2014.

8





 
 
X

Чтобы скачать данный файл, порекомендуйте его своим друзьям в любой соц. сети.

После этого кнопка ЗАГРУЗКИ станет активной!

Кнопки рекомендации:

загрузить материал